Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Uelbek: «Brayton» futbolchilari maydonda xuddi sherlardek jang qilishdi»

Uelbek: «Brayton» futbolchilari maydonda xuddi sherlardek jang qilishdi»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 34-turidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda «Brayton» o‘z maydonida Londonning «Chelsi» klubini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Mazkur muvaffaqiyatda jamoaning tajribali hujumchisi Danni Uelbek ham katta hissa qo‘shdi. Veteran futbolchi maydonga faqatgina 82-daqiqada tushirilgan bo‘lsa-da, uchrashuvdagi yakuniy — uchinchi golga mualliflik qilishga ulgurdi.

O‘yindan so‘ng Uelbek o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Erta urilgan gol jamoaga katta yordam berdi. Umuman olganda, barcha futbolchilar maydonning har bir qarichida, har bir duelda xuddi sherlardek jang qilishdi. Bu haqiqatan ham juda kuchli o‘yin bo‘ldi. Bundan tashqari, darvozamiz daxlsizligini saqlab qolganimiz ham muhim ahamiyatga ega», — deya Uelbekning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Brayton» turnir jadvalida «Chelsi»dan o‘zib ketdi. Ayni damda londonliklar 48 ochko bilan 7-o‘ringa tushib qolgan.

Kiritildi: 12:52, 22.04.2026.
O'qildi: 398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик