Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tyuram Italiya kubogi finali haqida gapirdi

Tyuram Italiya kubogi finali haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikka qaramay, ichki arenada «oltin dubl» — chempionat va kubokda zafar quchish sari ishonch bilan ilgarilamoqda.

Seshanba oqshomida «Komo» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng «neradzurri» Italiya kubogi finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Milanliklar hujumchisi Markus Tyuram uchrashuvdan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Fantastik oqshom, ajoyib tuyg‘ular. Ushbu mavsumda ikkita sovrinni qo‘lga kiritish juda ham go‘zal ish bo‘lardi», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri.

E’tiborli jihati, «Inter» joriy hafta oxiridayoq muddatidan oldin Italiya chempioniga aylanishi mumkin. Buning uchun A Seriyaning navbatdagi 34-turida ma’lum natijalar qayd etilishi kifoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Kristian Kivu shogirdlari turnir jadvalida eng yaqin ta’qibchilaridan 12 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 12:53, 22.04.2026.
O'qildi: 495 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик