Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Enso Mareska davrida ham bunday bo‘lmagan: «Chelsi»ning hujumdagi samaradorligi nolga yaqinlashdi

Enso Mareska davrida ham bunday bo‘lmagan: «Chelsi»ning hujumdagi samaradorligi nolga yaqinlashdi

Baho:
+2 | -

Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premyer-ligasi doirasida «Brayton»dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng tanqidlar markazida qolmoqda. «Chaykalar» har jabhada londonliklardan ustun kelishgani o‘yindagi hisobda ham o‘z aksini topdi.

The Touchline nashrining qayd etishicha, uchrashuvning birinchi bo‘limi yakunlariga ko‘ra, «Chelsi»ning kutilayotgan gollar ko‘rsatkichi (xG) bor-yo‘g‘i 0,04ni tashkil etgan. Bu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska davridagi 114 ta o‘yinning hech birida kuzatilmagan eng past natijadir.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik mutaxassis Enso Mareska bir yarim yillik faoliyatdan so‘ng, joriy yilning 1 yanvar kuni iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rnini 6 yanvar kuni Liam Rosenyor egallagan.

Ayni paytda «aristokratlar»ning ahvoli havas qilarli darajada emas: jamoa APL doirasida ketma-ket 5 ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu bahslardagi to‘plar nisbati esa 0:11 ni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 12:58, 22.04.2026.
O'qildi: 766 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик