Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mbappe «Alaves» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng raqib murabbiyiga kutilmagan sovg‘a berdi (foto)

Mbappe «Alaves» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng raqib murabbiyiga kutilmagan sovg‘a berdi (foto)

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 33-turi doirasida kechgan «Alaves»ga qarshi bahsdan (2:1) so‘ng raqib jamoa bosh murabbiyi Kike Floresga o‘z libosini sovg‘a qildi.

Jahon chempioni mazkur uchrashuvda hisobni ochib, jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi. O‘yindan so‘ng «Santyago Bernabeu» stadionida qiziq voqea yuz berdi: Mbappe libosini yechib, uni 61 yoshli ispaniyalik mutaxassisga taqdim etdi.

Kike Flores minnatdorchilik belgisi sifatida kaftini ko‘ksiga qo‘yib, Kilian bilan qo‘l berib ko‘rishdi. Shundan so‘ng murabbiy qimmatbaho esdalikni yordamchilaridan biriga topshirdi.

Kiritildi: 16:38, 22.04.2026.
O'qildi: 1302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик