Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

«Chelsi» Rosenyorni iste’foga chiqarsa, juda qimmatga tushadi

«Chelsi» Rosenyorni iste’foga chiqarsa, juda qimmatga tushadi

Baho:
+2 | -

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyorning kelajagi jamoaning omadsiz natijalari fonida so‘roq ostida qolmoqda.

Football.london nashrining xabar berishicha, agar «aristokratlar» rahbariyati ingliz mutaxassisini lavozimidan ozod etishga qaror qilsa, unga 24 million funt sterling miqdorida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Bunday katta mablag‘ murabbiyning 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnomasi bilan izohlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Liam Rosenyor joriy yilning yanvar oyida Enso Mareska o‘rnini egallagan edi. Biroq uning qo‘l ostida jamoa inqirozga yuz tutdi — «ko‘klar» APL doirasida qatorasiga beshta o‘yindan beri mag‘lubiyatga uchramoqda va ushbu bahslarning birortasida raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Bu «Chelsi» uchun so‘nggi 114 yil ichidagi eng yomon ko‘rsatkichdir.

Ayni damda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 48 ochko bilan yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:59, 22.04.2026.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик