Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-0 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Robson «Yunayted» rahbariyatiga maslahat berdi

Robson «Yunayted» rahbariyatiga maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» sobiq sardori Brayan Robson jamoa boshqaruvini vaqtinchalik o‘z qo‘liga olgan Maykl Kerrikning faoliyati haqida fikr bildirdi.

«Menimcha, Maykl hozirgi vaqtda ishni a’lo darajada uddaladi. U jamoani qabul qilib olgan nuqta bilan hozirgi holatni solishtirsak, katta farqni ko‘ramiz. Endi Kerrikning oldida bitta vazifa bor — boshlagan ishini oxiriga yetkazish va jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqish. Agar u buni uddalasa, «Manchester Yunayted» unga kamida ikki yil imkoniyat bermasligi uchun birorta sabab ko‘rmayapman», — dedi Robson.

Afsonaviy futbolchi ingliz mutaxassislariga katta klublarda kam imkoniyat berilishini tanqid qilar ekan, jamoa tarkibiga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Men doim aytganman: agar buyuk jamoa tuzmoqchi bo‘lsangiz — buyuk o‘yinchilarni sotib oling. O‘rtamiyona jamoa uchun o‘rtamiyona futbolchilar kifoya. Agar tarkibga kuchsiz ijrochilarni yig‘sangiz, APLdan tushib ketasiz».

Ma’lumot uchun, Maykl Kerrik yanvar oyida Ruben Amorim iste’fosidan so‘ng jamoani qabul qilib olgan edi. Uning qo‘l ostida «qizil iblislar» sezilarli darajada o‘sishga erishdi. Ayni damda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 33 turdan so‘ng 58 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda va YECHL yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 18:00, 22.04.2026.
O'qildi: 376 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик