Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Italiya futbolida navbatdagi mojaro — 50 nafar futbolchi intim xizmatlardan foydalangani ma’lum bo‘ldi

Italiya futbolida navbatdagi mojaro — 50 nafar futbolchi intim xizmatlardan foydalangani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiya moliya gvardiyasi (Guardia di Finanza) intim xizmatlarni tashkil qilish va tungi hayot bilan bog‘liq tadbirlarni boshqarishda ayblanayotgan tarmoqni tugatdi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, ushbu tarmoq yuqori darajadagi futbolchilarga, jumladan, A Seriya o‘yinchilariga xizmat ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, 50 ga yaqin A Seriya o‘yinchilari, xususan, “Milan” va “Inter”ning ayrim a’zolari mijoz sifatida ushbu mojaroga aralashgan. Milan sudi tomonidan prokuratura talabiga binoan olib borilayotgan operasiya doirasida to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi. Ular noqonuniy xizmatlarni tashkil qilish orqali fohishalikni osonlashtirish, shuningdek, ushbu faoliyatdan kelgan pullarni yuvishda ayblanmoqda.

Moliya gvardiyasining iqtisodiy va moliyaviy polisiya bo‘linmasi tushuntirishicha, ushbu tashkilot tadbirlarni shunday boshqarganki, unda “boy mijozlar (chunki gap asosan sportchilar va professional futbolchilar haqida bormoqda) jinsiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan”.

Garchi mijozlar ustidan bevosita tergov olib borilmayotgan bo‘lsa-da (Italiya qonunchiligiga ko‘ra, mijozlik jinoyat emas), bu holat Italiya futbol doiralarida, ayniqsa, Milan shahri klublari orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi. Foydalanuvchilar orasida top-jamoalarning bir necha o‘yinchilari va tadbirkorlar borligi aniqlangan, biroq hozircha aniq ismlar ochiqlanmagan.

“Afsuski, bu jinoyat emas, qonunchilikda bunday tasniflanmagan. Ayollar bunga o‘z ixtiyori bilan rozilik bergan, shuning uchun zo‘ravonlik alomatlari aniqlanmadi”, — deya ta’kidlagan Moliya gvardiyasi vakili.

“La Gazzetta” tomonidan e’lon qilingan telefon suhbatlari yozuvlarida Formula-1 poygachisi ham ushbu tarmoq xizmatlaridan foydalangani ma’lum bo‘ldi. Audioyozuvda noma’lum kishi do‘sti Formula-1 poygachisi ekanini va intim xizmat xohlayotganini aytgan, suhbatdagi ikkinchi shaxs esa unga braziliyalikni yuborishini bildirgan.

Operasiya davomida bir nechta ob’ektda tintuv o‘tkazilgan va noqonuniy daromad deb hisoblangan 1,2 million yevrodan ortiq mablag‘ musodara qilingan. Tergovga ko‘ra, tashkilot bir necha ming yevro evaziga “hammasi ichida” (all-inclusive) paketlarini taklif qilgan. Bunga Milanning nufuzli maskanlaridagi kechki ovqatlar, yuqori darajadagi mehmonxonalarda yashash va ayollar hamrohligi kirgan.

Tergovchilarning ta’kidlashicha, ushbu tarmoq Milan metropoliyasida joylashgan “tadbirlar agentligi” niqobi ostida ishlagan. Ular yillar davomida tungi klublarda bazmlar uyushtirib, shu bilan birga ayollarni yollash bilan shug‘ullanib kelgan. Yosh ayollar agentlikka tegishli uylarga joylashtirilgan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lab borilgan.

Ma’lumot uchun, Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga qarshi kechgan 2026-yilgi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan pley-off finalidagi mag‘lubiyatdan so‘ng (1:1, penaltilar bo‘yicha 1:4) ketma-ket uchinchi bor mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi dunyo birinchiligida ishtirok etgan edi. O‘shanda jamoani Chezare Prandelli boshqargan. Biroq jamoa guruh bosqichida o‘z ishtirokini yakunlagan. Italiya dunyoning eng sovrindor jamoalaridan biri hisoblanadi va to‘rt marta JCH g‘olibligi, ikki marta Yevropa chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:18, 22.04.2026.
O'qildi: 569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик