Liam Rosenyor yaqin orada «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilishi mumkin. RMC Sport nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi ingliz mutaxassisining o‘rniga «Borussiya Dortmund» sobiq ustozi Edin Terzichni nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Nemis mutaxassisi 2024 yildan beri ishsiz va hozircha o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Shuningdek, uning «Chelsi»da ishlashga qiziqishi bor-yo‘qligi ham noma’lum.
Edin Terzichning faoliyatidagi oxirgi klub «Borussiya Dortmund» bo‘lib, u yerda 2022 yildan 2024 yilgacha boshchilik qilgan. Bu 43 yoshli mutaxassis bosh murabbiy sifatida ishlagan yagona jamoa hisoblanadi. Terzich qo‘l ostida «Borussiya» Germaniya Kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan edi.













