Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» Bernardu Silva uchun kurashga qo‘shildi

«Arsenal» Bernardu Silva uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlanganidan keyin «Manchester Siti»ni tark etadi, bu haqda u avvalroq rasman e’lon qilgan edi.

ESPN nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun Londonning «Arsenal» klubi kurashga kirishdi. Shuningdek, 31 yoshli o‘yinchining transferiga «Barselona» va «Yuventus» ham qiziqish bildirmoqda.

Bernardu Silva 2017 yilda «Monako»dan «Manchester Siti»ga 50 million yevro evaziga o‘tgan edi. Umumiy hisobda portugaliyalik futbolchi «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 452 ta o‘yin o‘tkazib, 76 ta gol urdi va 77 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:09, 22.04.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик