Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo

«Sporting» «Portu» to‘sig‘idan o‘tib, Portugaliya Kubogi finaliga chiqdi (Videosharh)

«Sporting» «Portu» to‘sig‘idan o‘tib, Portugaliya Kubogi finaliga chiqdi (Videosharh)

Baho:
+ | -

«Sporting» va «Portu» jamoalari Portugaliya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida 0:0 hisobida durang o‘ynashdi. O‘yin Portudagi «Dragau» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mezbonlar raqib darvozasiga jami 16 ta zarba yo‘llashdi (shundan faqat 2 tasi darvoza sohasiga aniq bordi). Mehmonlar esa bor-yo‘g‘i uch marta zarba berishdi va ularning faqat bittasi aniq chiqdi.

Bahs yakunida «ajdarlar» bir kishi kam bo‘lib qolishdi — yarim himoyachi Alan Varela 89-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Dastlabki uchrashuvda «Sporting» 1:0 hisobida g‘alaba qozongani sababli, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Portugaliya Kubogi finaliga yo‘l oldi. Finalda ularga «Fafe» — «Torrinse» juftligi g‘olibi (birinchi o‘yin — 1:1) raqiblik qiladi.

Portugaliya Kubogi 1/2 final | Javob o‘yini

«Portu» — «Sporting» — 0:0

Chetlatish: Varela (P), 89.

Birinchi o‘yin — 0:1.

Kiritildi: 09:03, 23.04.2026.
O'qildi: 1413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик