Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

David Silvaning rekordi yangilandi: Bernardu APLda tarixiy natija qayd etdi

David Silvaning rekordi yangilandi: Bernardu APLda tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva Premyer-ligada g‘alaba qozonilgan o‘yinlar soni bo‘yicha klubning mutlaq rekordchisiga aylandi. Chorshanba kuni portugaliyalik futbolchi «shaharliklar»ning «Byornli» ustidan qozonilgan safardagi g‘alabasida (1:0) to‘liq 90 daqiqa harakat qilib, jamoasiga yordam berdi.

City Xtra xabariga ko‘ra, bu yarim himoyachi uchun «Manchester Siti» tarkibida APL doirasidagi 215-g‘alaba bo‘ldi va bu yangi klub rekordi sifatida qayd etildi. Jamoaning amaldagi sardori bu ko‘rsatkich bo‘yicha ispaniyalik sobiq yulduz David Silvani (214) ortda qoldirdi. Shuningdek, kuchli beshlikdan Ederson (205), Kevin de Bryoyne (197) va Fernandinyo (187) o‘rin olgan.

Bernardu Silva 2017 yildan buyon Manchester klubi sharafini himoya qilib kelmoqda, biroq joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Kiritildi: 09:14, 23.04.2026.
O'qildi: 838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик