Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Keyn: «Biz u yerga borishni maqsad qilgandik»

Keyn: «Biz u yerga borishni maqsad qilgandik»

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya Kubogi yarim finalida «Bayer» ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:0) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Angliyalik futbolchi uchrashuvning 22-daqiqasida hisobni ochgan bo‘lsa, bahs yakunida Luis Dias yakuniy natijani belgiladi.

«Biz o‘yin boshidan oxirigacha ajoyib harakat qildik, yaxshi pressing uyushtirdik va to‘pni yuqoriroqda olib qo‘yishga erishdik. Bizda ko‘proq gol urish va o‘yin taqdirini ancha ertaroq hal qilish imkoniyati bor edi. «Bayer» ko‘p vaziyat yarata olmadi, biz haqli ravishda g‘alaba qozondik. Mavsum boshidanoq Germaniya Kubogida zafar quchish asosiy maqsadlarimizdan biri ekanini aytgandik. Yigitlar Berlindagi final o‘yini naqadar ajoyib tajriba ekanini so‘zlab berishgandi. U yerga borayotganimizdan xursandman», — deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

«Bavariya»ning finaldagi raqibi bugun bo‘lib o‘tadigan «Shtutgart» va «Frayburg» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 12:05, 23.04.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик