«Manchester Siti» qatorasiga beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Pep Gvardiola jamoasi APLning 34-turi doirasida kechgan bahsda «Byornli»dan ustun keldi — 1:0.
Bunga qadar «shaharliklar» chempionatda «Arsenal» (2:1) va «Chelsi» (3:0), Angliya Kubogida «Liverpul» (4:0) hamda Liga Kubogi finalida «Arsenal»ni (2:0) mag‘lub etishgan edi.
25 aprel kuni «Manchester Siti» «Sautgempton» bilan kuch sinashadi.













