Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yevropa chempionati saralash tizimi tubdan o‘zgarishi mumkin

Yevropa chempionati saralash tizimi tubdan o‘zgarishi mumkin

Baho:
+ | -

Yevropa chempionatlariga saralash tizimi Yevro-2028 musobaqasidan so‘ng o‘zgarishi mumkin.

The Guardian nashrining xabar berishicha, tegishli rejalar seshanba kuni UYEFAning terma jamoalar musobaqalari bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etilgan. Endilikda ushbu loyihalar alohida futbol assosiasiyalaridan iborat kichik ishchi guruhlarida muhokama qilinadi. Yakuniy qaror may oyida, Yevropa Ligasi finali oldidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Turli variantlar orasida Millatlar ligasining moslashtirilgan formati favorit sifatida ko‘rilmoqda. Yetakchi futbol mamlakatlari aynan shu tizimni afzal ko‘rishmoqda. Hozirda ayollar terma jamoalarining Jahon chempionatiga saralashi shunga o‘xshash model asosida o‘tmoqda: terma jamoalar uchta ligaga bo‘linadi va har bir ligada to‘rttadan ishtirokchisi bo‘lgan guruhlar shakllantiriladi. «A» ligasi guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘lishadi, qolgan o‘rinlar esa pley-off bosqichida o‘ynaladi.

Millatlar ligasi uslubidagi format top-terma jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlarga bo‘lgan talabni qondiradi, biroq qolgan jamoalar ikkinchi planga tushib qolishi mumkin — bu masala federasiyalar o‘rtasidagi muhokamalarning asosiy mavzusiga aylanishi ehtimol.

Yana bir variant — Chempionlar ligasidagiga o‘xshash tizim, ammo gazeta manbalariga ko‘ra, bu variant teletranslyasiyachilarni eng kam darajada qanoatlantiradi. Shuningdek, amaldagi formatni saqlab qolish masalasi ham ko‘rib chiqiladi, lekin bu Angliya kabi davlatlarga ma’qul emas — ular hozirgi tizim o‘z umrini yashab bo‘lgan deb hisoblashadi.

Kiritildi: 13:49, 23.04.2026.
O'qildi: 1045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик