Milanning «Inter» klubi «Sassuolo»ning 23 yoshli himoyachisi Tarik Muharemovich transferi bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
«Inter» allaqachon Muharemovich bilan maosh va boshqa shartnoma majburiyatlari bo‘yicha kelishuvga erishgan, biroq «neradzurrilar» hali transfer narxi borasida «Sassuolo» bilan kelisha olganlari yo‘q. «Sassuolo» bosniyalik futbolchi uchun 30 million yevro miqdorida narx belgilagan, ammo APLning bir nechta klublari ham unga qiziqish bildirayotgani sababli bu summa ortishi ehtimoli bor.
Kelishuvdan tushadigan mablag‘ning yarmi «Yuventus»ga tegadi. Turinliklar bu bandni ikki yil avval futbolchining «Sassuolo»ga o‘tishi vaqtida shartnomaga kiritishgan edi. Joriy mavsumda Muxaremovich 28 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urdi, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 6 ta sariq kartochka oldi.













