Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Sanderlend» rahbariyati Le Brisning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

«Sanderlend» rahbariyati Le Brisning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Sanderlend» 2025/26 yilgi mavsum yakunida bosh murabbiy Rejis Le Bris bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Hattoki u jamoani yevrokuboklarga olib chiqa olmasa ham, o‘z lavozimida qoladi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

Manbaga ko‘ra, 50 yoshli fransuz «Sanderlend» rahbariyatining to‘liq qo‘llab-quvvatlashiga ega. Unga 2026/27 yilgi mavsumda ham jamoani boshqarish ishonib topshirilmoqda.

«Sanderlend» allaqachon kelasi mavsum uchun Premyer-ligadagi o‘rnini naqd qilib bo‘lgan, yevrokuboklarga yo‘llanma olish uchun esa matematik imkoniyatlar hamon saqlanib qolmoqda.

Le Bris «Sanderlend»da 2024 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda va uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Murabbiy qo‘l ostida jamoa 88 ta o‘yinda 37 ta g‘alabaga erishdi, 24 bor durang o‘ynadi va 27 ta mag‘lubiyat qayd etdi.

Kiritildi: 19:28, 23.04.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик