Superliga 9-turida "Dinamo" o‘z maydonida OKMKni qabul qildi. Bahsda 2:2 hisobi qayd etildi.
O‘yinda 2-daqiqadayoq Sanjar Qodirqulov hisobni ochdi. 21-daqiqada mezbonlar himoyachisi Salim Mustafoyev to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. 31-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Ikkinchi bo‘limda 53-daqiqada Aziz Holmurodov oradagi farqni qisqartirdi, 89-daqiqada esa Urosh Koyich mezbonlarga 1 ochko keltirgan golga mualliflik qildi.
"Dinamo" 8 ochko bilan 13-o‘rinda, OKMK 12 ochko bilan 9-pog‘onada.
«DINAMO» — OKMK — 2:2
Gollar: Abror Karimov 1’ — avtogol (1:0), Jaloliddin Jumaboyev 31’ (2:0), Aziz Xolmurodov 53’ (2:1), Urosh Koyich 88’ (2:2).
«Dinamo»: Edem Nemanov, Jahongir O‘rozov, Sanjar Qodirqulov, Aziz Amonov (Behruzbek Oblaqulov, 81), Anvar Hojimirzayev (Ulug‘bek Hoshimov, 62), Rasul Yo‘ldoshev (Ulug‘bek Abdullayev, 63), Salim Mustafoyev, Jaloliddin Jumaboyev, Jahongir Abdusalomov (Nurillo To‘xtasinov, 63), Firdavs Abdurahmonov (Xislat Halilov, 81), Kingsli Sarfo.
Zaxira: Sarvar Karimov, Bahodir Nasimov, Dramane Salou, Til Mavretich.
OKMK: Javohir Ilyosov, Mirjamol Qosimov (Arixiro Sentoku, 46), Giorgi Papava, Avazbek O‘lmasaliyev, Dilshodbek Ahmadaliyev, Aziz Xolmurodov (Ali Abdurahmonov, 67), Asadbek Sobirjonov (Urosh Koyich, 67), Nodirbek Abdurazzoqov, Saidafzalxon Axrorov (Ahmadullo Muqumjonov, 46), Abror Karimov (Rian Islomov, 73), Siyavash Haqnazariy.
Zaxira: Hamidullo Abdunabiyev, Shahzod Toirov, Abubakr Rizo Turdialiyev, Eldorbek Begimov.
Ogohlantirishlar: Saidafzalxon Axrorov (45+2), Sanjar Qodirqulov (75).
Chetlatish: Salim Mustafoyev (22).
Bosh hakam: Asker Najafaliyev
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said













