Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCH yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Chess.com Open-2026 onlayn turniri. Sindarov musobaqani tark etdi, Abdusattorov JCH yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi

Baho:
+ | -

Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan biri — Chess.com Open 2026 musobaqasida ishtirok etdi.

Turnir kibersport bo‘yicha 2026 yilgi Jahon Kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajaradi. Musobaqada dunyoning kuchli 16 nafar shaxmatchisi qatnashib, keyingi bosqichlarga yo‘llanma va yirik mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib bormoqda.

Musobaqada 2026 yilgi FIDE Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindarov o‘z ishtirokini yakunladi. Ilk bosqichda rossiyalik Danil Dubovga qarshi bahsda imkoniyatni boy bergan Sindarov, ikkinchi imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. U fransiyalik Maksim VashYE-Lagravga qarshi dona surdi. Dastlabki ikki partiyada 1:1 hisobi qayd etildi. Armagedonda (shaxmatdagi penaltilar seriyasi) esa Sindarov mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Nodirbek Abdusattorov esa ilk bosqichda amerikalik Sem Sevianni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqichda esa belaruslik Denis Lazavik bilan bahs olib bordi. Ushbu bellashuvda Abdusattorov 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va mag‘lublar yo‘lagida Yan Nepomnyashiyga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Turnir kibersport bo‘yicha 2026 yilgi Jahon Kubogi (Esports World Cup) uchun saralash vazifasini bajaradi. Musobaqada dunyoning kuchli shaxmatchilari qatnashib, keyingi bosqichlarga yo‘llanma va yirik mukofot jamg‘armasi uchun kurash olib borishadi.

Shaxmatchilar “10+0” ya’ni rapid formatida bahslashadi. Ikkita raqibdan mag‘lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi Esports World Cupkibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinni egallab, 85 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritgan edi. Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Team Vitality vakili Javohir Sindarov esa 50 ming AQSH dollari bilan taqdirlangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:29, 24.04.2026.
O'qildi: 978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик