Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 15:00 O‘zbekiston 0-0 Kuvayt
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

World Boxing kubogini ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan boshladik

World Boxing kubogini ikki g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan boshladik

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Braziliyada davom etayotgan World Boxing kubogi doirasida kecha 3 nafar bokschimiz musobaqadagi o‘zlarining ilk janglarini o‘tkazishdi.

-51 kgdagi vakilamiz Feruza Kazakovaga eski tanishi germaniyalik Maxi Klotzer duch keldi. Ular “Strandja” turnirida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va Feruza 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu safar ham jang qiziqarli va murosasiz kechdi. Referi Feruzani ta’qiqlangan harakatlarni ko‘p qildi, deb topdi va 2 ochko olib tashladi. Afsuski ushbu omil vakilamizni mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi.

World Boxing kubogida -48 kgda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Farzona Fozilova ham dastlabki jangini o‘tkazdi. U marokashlik Vissal Faxirga qarshi ringga ko‘tarildi.

Butun raundlar mobaynida faol va aniq harakatlari evaziga Fozilova raqibasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tariqa Farzona keyingi bosqichga yo‘l oldi.

World Boxing kubogida -65 kg vazn toifasidagi vakilamiz Navbahor Hamidova ham o‘z yurishini boshladi. U ilk bosqichda shvesariyalik Anna Jenniga qarshi bahs yuritdi. Kutilganidek, Navbahor  4:1 hisobida g‘alaba qozondi va navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.

Manba: https://t.me/boxinguzbekistan
Kiritildi: 08:39, 24.04.2026.
O'qildi: 1028 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик