«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong klubdagi faoliyati davomidagi eng sevimli lahzasi haqida gapirib berdi. Niderlandiyalik futbolchi 2019 yilning yozida Amsterdamning «Ayaks» klubidan «ko‘k-anorranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.
«Barselona»dagi eng sevimli lahzam — La Ligadagi g‘alaba, ammo men klubdagi har bir kunimdan zavq olaman. Haligacha «Barsa»da o‘ynayotganimga ko‘nika olmayapman», — deya 28 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
Ma’lumot uchun, Frenki de Yong ikki bor — 2023 va 2025 yillarda Ispaniya chempioni bo‘lgan. Tez orada kataloniyaliklar navbatdagi chempionlikni naqd qilib qo‘yishlari mumkin — hozirda Madridning «Real» klubi bilan oradagi farq to‘qqiz ochkoni tashkil etmoqda.













