Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» prezidenti: «Ketma-ket uch yil yarim finalda o‘ynash — bu yuqori daraja belgisi»

«PSJ» prezidenti: «Ketma-ket uch yil yarim finalda o‘ynash — bu yuqori daraja belgisi»

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» rahbari Nasser al-Xelayfiy klubning so‘nggi yillarda YECHLdagi muvaffaqiyatlarini yuqori baholadi. Parijliklar eng nufuzli yevrokubokning joriy mavsumida yarim finalga yo‘l oldi va unda «Bavariya» bilan kuch sinashadi.

O‘tgan mavsumda Luis Enrike shogirdlari o‘z tarixida ilk bor turnir g‘olibiga aylanishgan edi, ikki yil avval esa aynan yarim final bosqichida musobaqani tark etishgandi.

«Championlar ligasida ketma-ket uch yil yarim finalga chiqish uchun eng yuqori sport formasida bo‘lish kerak. Bu jiddiy yutuq, chunki turnirda kuchli jamoalar juda ko‘p va raqobat nihoyatda yuqori», – dedi al-Xelayfi Le Forum nashriga bergan intervyusida.

28 aprel kuni Parijda «PSJ» va «Bavariya» o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tadi, javob o‘yini esa 6 may kuni Myunxenda o‘tkaziladi.

Kiritildi: 11:00, 24.04.2026.
O'qildi: 657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик