Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Doku mavsum yakuni haqida fikr bildirdi

Doku mavsum yakuni haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku mavsumning hal qiluvchi pallasi oldidan o‘z kayfiyati bilan o‘rtoqlashdi. «Shaharliklar» yaqingacha 9 ochko ortda qolayotgan bo‘lsa-da, Premyer-liga turnir jadvalida «Arsenal»dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Shuningdek, Xosep Gvardiola jamoasi Angliya Kubogida ham g‘oliblikka da’vogarlik qilmoqda — yarim finalda ular «Sautgempton»ga qarshi maydonga tushishadi.

«Men Angliya Kubogi va Premyer-ligada g‘olib chiqishni istayman. Ilgari Angliya chempioni bo‘lganman, ammo motivasiyam pasaygani yo‘q — doim g‘alaba qozonishni xohlayman. G‘alabalardan charchab qolmaysan. Nimaga erishgan bo‘lsang ham, senga doim kamidek tuyulaveradi», — deya jurnalist Djeremi Kross Dokuning so‘zlarini keltirmoqda.

«Sautgempton»ga qarshi yarim final uchrashuvi shu shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:12, 24.04.2026.
O'qildi: 515 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик