Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Ekitike Londonda operasiya qilindi

Ekitike Londonda operasiya qilindi

Baho:
+ | -

«Liverpul» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Ugo Ekitike Londonda operasiya qilindi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Futbolchi Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan bahsda o‘ng oyog‘idagi axill payini uzib olgan va natijada safdan chiqqan edi. Manbaning ma’lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti 18 aprel kuniyoq bo‘lib o‘tgan. Unda «Liverpul» futbolchilari bilan ishlashda katta tajribaga ega bo‘lgan shifokorlar ishtirok etishdi.

Fransiya nashrining ta’kidlashicha, tibbiy muolaja bir yil avval xuddi shunday jarohat olgan NBA yulduzi, mashhur basketbolchi Jeyson Teytumni operasiya qilgan jarroh tomonidan masofaviy tarzda nazorat qilib turilgan. Ekitikening 2026-27 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida maydonga qaytishi kutilmoqda. Joriy mavsumda u 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirishga ulgurgan edi.

Kiritildi: 13:33, 24.04.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик