Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Bayer» yulduzi APLga yo‘l olishi mumkin

«Bayer» yulduzi APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Bornmut» klubi «Bayer» yarim himoyachisi Malik Tillmanni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda TeamTalk.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Leverkuzen klubi 23 yoshli amerikalik futbolchining transferi bo‘yicha munosib takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shu bilan birga, shartnomadagi bandga ko‘ra, futbolchining sotib olish huquqini qo‘lga kiritish uchun uning sobiq klubi — «Bavariya» foydasiga 35 million yevro to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Yarim himoyachiga shuningdek, «Fulxem» va «Brentford» klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Tillman 2025 yilning iyulidan beri «Bayer» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:55, 24.04.2026.
O'qildi: 1055 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик