Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Jon Terri «Chelsi»dagi vaziyatdan norozi: «Menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi»

Jon Terri «Chelsi»dagi vaziyatdan norozi: «Menga hech kim qo‘ng‘iroq qilmadi»

Baho:
+ | -

Londonning «Chelsi» klubi sobiq sardori Jon Terri Liam Rosenyor iste’fosidan so‘ng jamoada yuzaga kelgan holat va yangi murabbiylar shtabining shakllanishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Klub rahbariyati jamoani vaqtinchalik Kalum Makfarlen ixtiyoriga topshirgan bo‘lsa-da, Terri yangi shtabga taklif etilmaganidan noroziligini yashirmadi.

«Men juda xafaman va g‘azabdaman. «Chelsi» muxlislarining tushkunligini ham tushunib turibman. Kalumning shtabi qanday ko‘rinish olishini bilmayman — menga bu borada hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yoki xabar bergani yo‘q. Akademiyadagi ishimni davom ettiraveraman», — dedi Terri Foot Mercato nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» afsonasi sanalgan Jon Terri faoliyati davomida londonliklar bilan jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Hozirda u klub akademiyasida mustaqil maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda.

Terri murabbiylik sohasida ham tajribaga ega bo‘lib, ilgari «Aston Villa» va «Lester» klublarida bosh murabbiy yordamchisi lavozimida ishlagan.

Kiritildi: 17:04, 24.04.2026.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик