Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«MYU»da transfer rejalari: Karlos Baleba va Mikki van de Ven klub nishonida

«MYU»da transfer rejalari: Karlos Baleba va Mikki van de Ven klub nishonida

Baho:
+1 | -

«Manchester Yunayted» klubi Karlos Balebaning harakatlarini kuzatishda davom etmoqda, deb xabar beradi The Athletic.

Shu bilan birga, «Brayton» yarim himoyachisi «MYU»ning ushbu pozisiya uchun short-listida (nomzodlar ro‘yxatida) birinchi toifaga kirmaydi. Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yozda klub kamerunlik futbolchi uchun 75 million funt to‘lashga tayyor edi, biroq «Brayton» 100 milliondan ko‘proq mablag‘ talab qilgan. Hozirda «Yunayted» yarim himoyachining murakkab mavsumini inobatga olgan holda, 50 million funt atrofidagi summani oqilona deb hisoblamoqda.

Qayd etilishicha, «MYU» mutaxassislari Balebaning statistik ko‘rsatkichlarini, xususan, maydonni qamrab olishi, to‘p uchun kurashish va pas berish mahoratini jamoa darajasiga mos deb baholamoqda.

Mankunianliklar, shuningdek, markaziy himoya chizig‘ini ham kuchaytirish ustida bosh qotirishmoqda. Klub «Tottenxem» a’zosi Mikki van de Ven nomzodini o‘rganib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Baleba APLning joriy mavsumida 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlarni amalga oshirmadi. Van de Ven esa Angliya chempionatining 30 ta o‘yinida 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:52, 24.04.2026.
O'qildi: 1012 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик