Angliyalik jurnalistlar Liam Rosenyorning yaqindagi iste’fosi fonida Frenk Lempardga «Chelsi» haqida savol bermay iloji yo‘q edi. Lempard sodir bo‘lgan voqeaga izoh berishni noo‘rin deb hisoblashini aytdi.
«Bu borada biror-bir fikr bildirishni hurmatsizlik deb bilaman. Bu tahlilchilar va sport sharhlovchilarining ishi», — deya Frenk Lempardning so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o‘tamiz, Lempard 2019 yildan 2021 yilgacha London klubini boshqargan. O‘tmishda u ushbu klub sardori bo‘lgan va deyarli butun faoliyatini shu jamoada o‘tkazgan. Frenk futbolchilik faoliyatini 2016 yilda Shimoliy Amerikada yakunlagan edi.













