Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fernandesh: «APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlayman»

Fernandesh: «APL va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishni xohlayman»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh hali ham klubning cho‘qqiga qaytishiga yordam berishni orzu qilishini tan oldi. Ko‘plab mish-mishlarga qaramay, «qizil iblislar» sardori kelayotgan yozda jamoani tark etmasligi kutilmoqda.

«Men Premyer-ligada g‘alaba qozonishni xohlayman, Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlayman. Buni hech qachon yashirmaganman», — dedi Brunu.

Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarida tugaydi, ammo ikkala tomonning xohishiga ko‘ra, u yana bir yilga avtomatik ravishda uzaytirilishi mumkin.

Kiritildi: 08:40, 25.04.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик