Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real»ni emas, «Barsa»ni tanladi: Niderlandiyalik iqtidor egasi Kataloniyaga ko‘chib o‘tmoqchi

«Real»ni emas, «Barsa»ni tanladi: Niderlandiyalik iqtidor egasi Kataloniyaga ko‘chib o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«AZ Alkmaar» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kes Smit «Barselona»ga katta mamnuniyat bilan o‘tishini tan oldi.

20 yoshli futbolchini anchadan beri Yevropaning top-klublari kuzatib kelishmoqda, biroq xavbekning o‘zi Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga qat’iy qaror qilgan ko‘rinadi.

«Men ta’tilimni Barselonada o‘tkazaman. Agar «Barsa» muzokaralar so‘rasa — mamnuniyat bilan ishtirok etaman. Bu mening sevimli jamoam, ularning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman», — deya Smitning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.

Uzoq vaqt davomida chiqib kelayotgan yulduz uchun kurashda Madridning «Real» klubi favorit sifatida ko‘rilayotgan edi. Yaqinda Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman futbolchini shaxsan «Barselona»ga tavsiya qilib, uni «Pedri va Frenki de Yongning qorishmasi» deb atagan edi.

Transfermarkt portali Kes Smitning qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:29, 25.04.2026.
O'qildi: 1768 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик