Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«PSJ» APL yulduzi uchun 92 million yevro tikishga tayyor

«PSJ» APL yulduzi uchun 92 million yevro tikishga tayyor

Baho:
+ | -

«Aston Villa»ning hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rojers «PSJ»ning qiziqishlar doirasiga tushgan. Bu haqda talkSPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya grandi futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Rojersning o‘yiniga qoyil qolgan. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi ham yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishga tayyor. Transfer summasi 92 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Shuningdek, ingliz futbolchisini «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublari ham kuzatib borayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda 23 yoshli Rojers barcha turnirlarni hisobga olganda 48 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 12 bor ishg‘ol qildi va 9 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:37, 25.04.2026.
O'qildi: 997 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик