Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

OFK Professional futbol qo‘mitasi qit’a futbolidagi muhim o‘zgarishlarni tasdiqladi

OFK Professional futbol qo‘mitasi qit’a futbolidagi muhim o‘zgarishlarni tasdiqladi

Baho:
+ | -

24 aprel kuni OFK Professional futbol qo‘mitasining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita raisi — Park Ji Sung rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda OFK va Osiyoning qator yetakchi ligalari rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori — Diyor Imomxo‘jayev ham ishtirok etdi.

Qit’amizdagi klublar ishtirokidagi professional musobaqalarga doir muhim masalalar muhokama qilingan yig‘ilishda 2026/2027 yilgi mavsumdan e’tiboran amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan o‘zgarishlar tasdiqlandi.

Xususan, OFK Elit Chempionlar Ligasida ishtirokchilar soni 24 tadan 32 taga yetkaziladi. Bu esa mamlakatlar uchun ajratilgan kvotalar soniga ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekiston klublari uchun mazkur musobaqaga yo‘llanmalar soni 1+1 ko‘rinishida bo‘ladi. Ya’ni, Superliga chempioni — «Neftchi» liga bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olsa, vise-chempion — «Paxtakor» OFK Elit Chempionlar Ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.

Agar «sherlar» saralashda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, OFK Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichida ishtirok etadi.

O‘zbekiston kubogi sohibi — «Paxtakor» ligadagi o‘rni orqali yuqoriroq musobaqaga yo‘llanma olgani sababli, OFK Chempionlar Ligasi 2 uchun kvota Superligada 3-o‘rinni egallagan «Nasaf»ga taqdim etiladi.

Shuningdek, yig‘ilishda OFK musobaqalariga kirish reglamenti va OFK klublarni lisenziyalash reglamentiga tegishli o‘zgarishlar kiritish ham tasdiqlandi.

Yuqorida qayd etilgan o‘zgarishlar OFK Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan taqdirda, 2026/2027 yilgi qit’aviy futbol mavsumidan e’tiboran kuchga kiradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 15:31, 25.04.2026.
O'qildi: 1391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик