Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

«Bunday vaziyatda shunchaki uyalgan bo‘lardim» — Italiya Eronning o‘rniga JCH-2026 ga borish taklifini keskin rad etdi

«Bunday vaziyatda shunchaki uyalgan bo‘lardim» — Italiya Eronning o‘rniga JCH-2026 ga borish taklifini keskin rad etdi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi Jahon chempionatini ketma-ket uchinchi bor o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Pley-off bosqichida Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy bergan “azzurri” turnirdan quruq qolgan bo‘lsa-da, AQSH tomonidan kutilmagan tashabbus ilgari surildi.

AQSHning maxsus vakili Paolo Zampolli FIFA’ga Eronni turnirdan chetlatib, uning o‘rniga Italiyani qo‘shish taklifi bilan chiqdi. Zampollining so‘zlariga ko‘ra, to‘rt karra jahon chempioni bo‘lgan Italiya o‘z nufuzi bilan ushbu musobaqaga loyiq va bu taklif Donald Tramp hamda Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasidagi sovuqlashgan munosabatlarni tiklashga xizmat qilishi mumkin. Tramp avvalroq Melonini Eron masalasida Rim papasini himoya qilgani uchun “qo‘rqoq” deb atagan va ular o‘rtasida siyosiy nizo kelib chiqqan edi.

Biroq Italiya hukumati va sport mutasaddilari ushbu kutilmagan “sovg‘a”ni keskin rad etishdi. Sport vaziri Andrea Abodi yo‘llanma faqat maydonda hal qilinishi kerakligini va bunday almashtirishning foydasi yo‘qligini aytdi. MOQ prezidenti Luchiano Buonfilyo esa bunday yo‘l bilan JCHga borishni o‘zi uchun haqorat deb bilishini ta’kidladi. Iqtisodiyot vaziri Jankarlo Jorjetti esa bunday vaziyatda shunchaki “uyalgan bo‘lardim” deya qisqa xulosa qildi.

O‘z navbatida, FIFA rahbari Janni Infantino ham Eronning ishtiroki aniq ekanini va sport siyosatdan tashqarida qolishi shartligini bildirdi. U eronlik futbolchilar o‘z xalqi uchun maydonga tushishga haqli ekanini va turnirga kelishini qayd etdi. Eron hukumati vakili Fotima Mojejerani ham terma jamoa turnirga to‘liq tayyorligini va 10 iyungacha Arizonadagi yig‘inga yetib borishini ma’lum qildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:12, 25.04.2026.
O'qildi: 1601 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик