Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Ularga haqiqiy erkaklar kerak»: Rosenyor «Chelsi» futbolchilarini keskin tanqid qilgani oshkor bo‘ldi

«Ularga haqiqiy erkaklar kerak»: Rosenyor «Chelsi» futbolchilarini keskin tanqid qilgani oshkor bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubining sobiq bosh murabbiyi Liam Rosenyor va londonliklar futbolchilari o‘rtasidagi munosabatlarning ayrim tafsilotlari ochiqlandi.

CaughtOffside nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ingliz mutaxassisi jamoa rahbariyati bilan suhbatda o‘z shogirdlarini «injiq bolalar» deya ta’riflagan. Rosenyor klub xo‘jayinlarini tarkibning katta qismidan voz kechishga va ularning o‘rniga «haqiqiy erkaklar»ni olib kelishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Liam Rosenyor joriy yilning yanvar oyida «ko‘klar» postini egallagan edi. Biroq Angliya Premyer-ligasi doirasidagi ketma-ket beshta mag‘lubiyat (bu o‘yinlarda jamoa birorta ham gol ura olmagan) sababli u 22 aprel kuni iste’foga chiqarildi.

Ayni damda «Chelsi» APL turnir jadvalida 34 turdan so‘ng 48 ochko bilan 8-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 19:09, 25.04.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик