Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn golli seriyasini davom ettirmoqda.
Tajribali forvard Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan «Mayns»ga qarshi bahsda (4:3) ham raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Keyn myunxenliklar safida ketma-ket yettita uchrashuvda maydonni golsiz tark etmayapti. Joriy mavsumda ingliz hujumchisi «Bavariya» libosida barcha turnirlar doirasida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 54 ta gol yozdirib qo‘ydi.













