Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ayollar o‘rtasidagi YECHL: «Bavariya» va «Barselona» yarim finalning ilk bahsida durang qayd etdi

Ayollar o‘rtasidagi YECHL: «Bavariya» va «Barselona» yarim finalning ilk bahsida durang qayd etdi

Baho:
+ | -

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan «Bavariya» hamda «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv yakunlandi. Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida kechgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyalandi.

O‘yinda hisob tezkorlik bilan ochildi: 8-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Eva Payor mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Myunxenliklar ikkinchi bo‘limda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi — 69-daqiqada Fransiska Kett gol muallifiga aylandi. E’tiborli jihati, gol urgan Kett 80-daqiqada qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 3 may, yakshanba kuni Barselonadagi «Spotify Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, chorak finalda «Barselona» Madridning «Real» klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 12:2 hisobida tor-mor etgan, «Bavariya» esa «Manchester Yunayted»dan (5:3) ustun kelgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:23, 25.04.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик