Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eddi Xau: «Biz kuchliroq ko‘ringan o‘yinlarda ham mag‘lub bo‘lyapmiz»

Eddi Xau: «Biz kuchliroq ko‘ringan o‘yinlarda ham mag‘lub bo‘lyapmiz»

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya Premyer-ligasi 34-turida «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdagi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.

«Biz shunday holatga tushib qoldikki, hatto kuchliroq ko‘ringan paytimizda ham o‘yinlarni yutqazyapmiz. Bizga bardoshli bo‘lish va bu vaziyatdan chiqish yo‘lini topish kerak.

O‘tkazib yuborilgan golmi? Menimcha, bunga yo‘l qo‘ymasligimiz mumkin edi. Joylashuvda biroz xatoga yo‘l qo‘ydik, shunga qaramay, o‘sha zarba ajoyib edi. Qisqa o‘ynalgan burchak to‘plari — bu biz kutgan va tayyorlangan narsa emas edi.

«Nyukasl» turnirdagi vaziyatni o‘zgartirishga qanchalik yaqin? Har qachongidan ham yaqinroq, chunki bugungi kun oldinga tashlangan katta qadam bo‘ldi. Biz futbolchilarimiz har doim yuqori tayyorgarlik holatida bo‘lishiga ishonch hosil qilishimiz kerak va ular faqat «Arsenal»ga qarshi safar o‘yini uchun emas, har bir bahsda yaxshi o‘yin ko‘rsatishi shart», — dedi Xau Sky Sports nashriga.

Angliya — Premyer-liga, 34-tur
25 aprel 2026 yil, shanba
«Arsenal» (London) — «Nyukasl Yunayted» (Nyukasl-apon-Tayn) 1:0
Gol: Eze 9 (1:0).

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:29, 26.04.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик