Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» Nikolas Jekson bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

«Bavariya» Nikolas Jekson bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

Baho:
+ | -

«Chelsi»dan ijaraga olingan hujumchi Nikolas Jekson mavsum yakunlangach, «Bavariya»ni tark etadi. Myunxen klubi senegallik futbolchini sotib olmaslik bo‘yicha yakuniy qarorga keldi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano. Ushbu ma’lumotni Bundesliga grandining sport bo‘limi rahbari Maks Eberl ham tasdiqladi.

Iyul oyida forvard Londonga qaytadi. «Chelsi» 24 yoshli futbolchi borasidagi rejalarini hali aniqlab olmagan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan u sotuvga qo‘yiladi.

Nikolas Jekson joriy mavsumda «Bavariya» safida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari o‘yinchining narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 07:50, 26.04.2026.
O'qildi: 677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик