Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Xavi Rafinyaning e’tirozlariga javob qaytardi

Xavi Rafinyaning e’tirozlariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi Xavi Ernandes Rafinya Dias bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari haqida so‘zlab berdi.

Braziliyalik vinger ilgariroq ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida o‘ziga bo‘lgan ishonchni his qilmaganini, chunki murabbiy uni doimiy ravishda 60-daqiqada almashtirib yuborishini tan olgan edi.

«Rafinyaning xafa bo‘lib yurgan vaqtidagi suhbatimizni eslayman. O‘shanda men: «Rafa, men sen bilan besh yillik shartnoma imzolaganman, xotirjam bo‘l! Biz senga ishonamiz, shunchaki tinchlan va o‘zingni ko‘rsat», deb ta’kidlagandim. Bilaman, doimiy almashtirishlar uning ruhiyatiga ijobiy ta’sir qilmagan, ammo hozir u o‘zini ajoyib tarzda namoyon etmoqda.

Rafinya bilan munosabatlarimiz yaxshi edi, biroq u shuni tushunishi kerak ediki, bizda o‘yin reja bo‘yicha ketmagan taqdirda, zaxiradan tushib vaziyatni o‘zgartira oladigan boshqa futbolchilar ham bor edi», — deya Xavining so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya «Barsa»ga 2022 yilning yozida kelib qo‘shilgan. Xavi esa 2021 yilning oktyabridan 2024 yilning mayiga qadar jamoani boshqargan.

Kiritildi: 08:20, 26.04.2026.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик