Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike «Bavariya» bilan o‘yin oldidan: «Yaxshi o‘ynash uchun himoyalanishni bilish shart»

Luis Enrike «Bavariya» bilan o‘yin oldidan: «Yaxshi o‘ynash uchun himoyalanishni bilish shart»

Baho:
+2 | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 doirasida «Anje» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:0) o‘z jamoasining o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Parijliklar oxirgi beshta uchrashuvning to‘rttasida o‘z darvozalari daxlsizligini saqlab qolishdi.

«Biz doimo ham hujumda, ham himoyada o‘sishga harakat qilamiz. Butun mavsum davomida himoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatdik — hatto gol o‘tkazib yuborgan bahslarimizda ham. Bu biz uchun o‘ziga xos «miyaga o‘rnashib qolgan g‘oya». Men chiroyli futbolni sevaman, biroq yaxshi o‘ynash uchun himoyalanishni, pressing qilishni bilish kerak — hozirda «PSJ» ijrosida aynan shuni ko‘ryapmiz», — dedi Enrike matbuot anjumanida.

Seshanba kuni, 28 aprel sanasida Fransiya grandi o‘z maydonida Chempionlar ligasi 1/2 finalining ilk uchrashuvi doirasida «Bavariya»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 08:48, 26.04.2026.
O'qildi: 526 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик