Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eberechi Eze «Nyukasl» bilan o‘yindagi majburiy almashtirishga izoh berdi

Eberechi Eze «Nyukasl» bilan o‘yindagi majburiy almashtirishga izoh berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Eberechi Eze Premyer-liga doirasida shanba kuni «Nyukasl»ga (1:0) qarshi kechgan bahsda jarohat tufayli almashtirildi. 27 yoshli futbolchi 9-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi, biroq 53-daqiqaga kelib maydonni majburiy tarzda tark etdi. Ingliz futbolchisining goli uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

«Men yaxshiman, hammasi joyida! Bu shunchaki ehtiyot chorasi edi», — dedi Eze Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni, 29 aprel kuni Mikel Arteta jamoasini Madridning «Atletiko» klubiga qarshi Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi safar uchrashuvi kutmoqda. Premyer-ligada esa londonliklar «Manchester Siti»ni uch ochkoga ortda qoldirib, yana birinchi o‘ringa qaytishdi, biroq «shaharliklar»da bitta zaxira o‘yini mavjud.

Kiritildi: 11:49, 26.04.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик