Kirish Ro'yxatdan o'tish

Musiala: «Bavariya» chempion bo‘lib ham g‘alabaga bo‘lgan chanqog‘ini yo‘qotmagan»

Musiala: «Bavariya» chempion bo‘lib ham g‘alabaga bo‘lgan chanqog‘ini yo‘qotmagan»

Baho:
+ | -

«Bavariya» Bundesliga 31-turi doirasida «Mayns»ga qarshi kechgan o‘yinning ikkinchi bo‘limini xuddi chempionlik taqdiri shu bahsga bog‘liqdek o‘tkazdi. Bunday fikrni Myunxen jamoasi yarim himoyachisi Jamal Musiala bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» birinchi bo‘limdan so‘ng 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi, biroq tanaffusdan so‘ng to‘rtta gol urib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Biz osongina 0:3 hisobida yutqazib, shu ruhda davom etishimiz mumkin edi, ammo bizda hamon o‘yin taqdirini o‘zgartirish ishtiyoqi borligi va g‘alabani xuddi undan sovrin taqdiri hal bo‘ladigandek nishonlashimiz — bu ajoyib», — deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Myunxen klubi matbuot xizmati.

«Bavariya» o‘tgan tur natijalariga ko‘ra muddatidan oldin chempionlikni naqd qilib qo‘ygan edi. Vensan Kompani jamoasi «Mayns»ga qarshi bahsga allaqachon Bundesliga g‘olibi sifatida maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:00, 26.04.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик