Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» APLda chempionlik uchun matematik imkoniyatni ham yo‘qotdi

«Liverpul» APLda chempionlik uchun matematik imkoniyatni ham yo‘qotdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» joriy mavsumda APL chempionligi uchun imkoniyatlarini butunlay yo‘qotdi.

Bu holat APL 34-turida «Arsenal»ning «Nyukasl» ustidan qozongan g‘alabasidan (1:0) so‘ng sodir bo‘ldi. Mavsum yakuniga 4 tur qolganda mersisaydliklarning «kanonirlar» bilan oradagi farqi 15 ochkoni tashkil etmoqda. Hozirda «Liverpul» 58 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Shu tariqa, Arne Slot jamoasi ushbu mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. «Qizillar» Chempionlar ligasi chorak finalida «PSJ»ga (0:2, 0:2), Angliya Kubogining xuddi shu bosqichida «Manchester Siti»ga (0:4) imkoniyatni boy berishgan edi. Angliya Liga Kubogining 1/8 finalida esa «Kristal Pelas» (0:3) ularni musobaqadan chiqarib yuborgandi.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» oxirgi marta 2020/21 yilgi mavsumni birorta ham sovrinsiz yakunlagan edi.

Kiritildi: 13:52, 26.04.2026.
O'qildi: 828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик