Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Real» Mourinyuning xohishi haqida ma’lumot oldi

«Real» Mourinyuning xohishi haqida ma’lumot oldi

Baho:
+ | -

So‘nggi haftalarda Joze Mourinyuning «Real Madrid» bosh murabbiyligiga qaytishi haqidagi xabarlar tez-tez tarqalmoqda. Nufuzli insayder Fabrisio Romano o‘zining yangi ko‘rsatuvida ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Real» rahbariyati Mourinyuning klubga qaytish istagidan allaqachon xabardor bo‘lgan. The Special One «qaymoqranglilar» boshqaruvida ikkinchi bor imkoniyat olishni istamoqda. Tez orada Madrid klubida bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi.

Hozirda jamoa bilan Alvaro Arbeloa ishlamoqda. Uning mavsum yakunida lavozimini tark etishi kutilmoqda, chunki «Real» katta ehtimol bilan bu yilni sovrinlarsiz yakunlaydi.

Joze Mourinyu 2010–2013 yillarda «Real»ni boshqargan edi. Ayni damda portugaliyalik mutaxassis «Benfika» klubini boshqarmoqda.

Kiritildi: 16:03, 26.04.2026.
O'qildi: 1258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик