Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jekson «Chelsi»ga qaytadi

Jekson «Chelsi»ga qaytadi

Baho:
+ | -

Hujumchi Nikolas Jekson mavsum yakunlanganidan keyin «Bavariya»da qolmaydi. Myunxen klubi senegallik futbolchini «Chelsi»dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan edi, biroq bu bandni faollashtirmaslikka qaror qildi.

«Niko ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda — 28 o‘yinda 10 ta gol. Afrika chempioni, Germaniya chempioni, shuningdek, u jamoaga Germaniya Kubogi finaliga chiqishda yordam berdi. «Bavariya» sotib olish opsiyasidan foydalanmaslikka qaror qildi, ammo Jekson bor e’tiborini Chempionlar ligasi doirasidagi "PSJ"ga qarshi yarim finalga qaratgan — bu u va klub uchun juda muhim. Eng asosiysi — mavsumni imkon qadar muvaffaqiyatli yakunlash. Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Har qanday narsa bo‘lishi mumkin, shunchaki jarayonga ishoning», — deya 24 yoshli forvardning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Diomansi Kamaraning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Nikolas Jeksonning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:22, 27.04.2026.
O'qildi: 435 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик