Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" belgiyalik 18 yoshli vinger transferi ustida ishlamoqda

"Barselona" belgiyalik 18 yoshli vinger transferi ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

"Bryugge" futbolchisi Yesse Bisivu "Barselona" e’tiboriga tushdi. Sky nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, Kataloniya grandi istiqbolli belgiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash ustida faol ishlamoqda. 18 yoshli vingerning o‘zi ham ushbu transferga tayyor ekanini bildirgan.

Yesse Bisivu hozirda "Bryugge"ning o‘rinbosarlar jamoasida to‘p suradi, asosiy tarkibda esa hali debyut qilgani yo‘q. Joriy mavsumda futbolchi 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Mashhur Transfermarkt portali mutaxassislari yosh iste’dod egasini 800 ming yevroga baholamoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 09:28, 27.04.2026.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик