Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay - Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

«Manchester Yunayted» Arauxo transferi bo‘yicha ish boshladi

«Manchester Yunayted» Arauxo transferi bo‘yicha ish boshladi

Baho:
+ | -

Lissabonning «Sporting» klubi chap qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxo «Manchester Yunayted» qiziqishlari doirasiga tushdi.

26 yoshli futbolchining shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, Caught Offside nashrining xabar berishicha, Portugaliya klubi urugvaylik futbolchini 50 million yevroga sotishga tayyor. «Qizil iblislar» o‘yinchini kuzatishda davom etmoqdalar. Mankunianliklar Chempionlar Ligasiga qaytganidan so‘ng transfer bozorida jiddiy xarajatlarni amalga oshirishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali Arauxoning bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan. Joriy mavsumda lateral «Sporting» safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 09:31, 27.04.2026.
O'qildi: 1225 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик