Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Keyn «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan «Bavariya»ning asosiy muammosini aytdi

Keyn «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan «Bavariya»ning asosiy muammosini aytdi

Baho:
+-1 | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv shu seshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

Keyn Bild nashriga bergan intervyusida raqibning qarshi hujumlari eng katta xavf ekanini alohida ta’kidladi.

«Agar biz kontrpressingni yo‘lga qo‘ya olmasak, raqibning tezkor hujumlarini nazorat qilishda xatoga yo‘l qo‘ysak va to‘pni osonlik bilan oldirib qo‘ysak, bu «PSJ»ning ishini yengillashtiradi. Bunday vaziyatlarda raqib yanada xavfli tus oladi», — deydi ingliz hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, Vensan Kompani shogirdlari o‘tgan shanba kuni Bundesliga doirasida «Mayns»ga qarshi kechgan dramatik bahsda (4:3) g‘alaba qozonishdi. Myunxenliklar tanaffusga qadar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘layotib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «PSJ» qarama-qarshiligi g‘olibi finalda «Arsenal» hamda «Atletiko Madrid» juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi. Parijdagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 11:22, 27.04.2026.
O'qildi: 537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик