Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» qariyb uch yildan beri «Yuventus» darvozasiga yo‘l topa olmayapti

«Milan» qariyb uch yildan beri «Yuventus» darvozasiga yo‘l topa olmayapti

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 34-turi doirasida kechgan «Milan» va Turinning «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi markaziy uchrashuvda g‘olib aniqlanmadi. Bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Ushbu natija milanliklar uchun noxush an’ananing davomi bo‘ldi. «Milan» Italiya chempionati doirasida ketma-ket oltinchi o‘yindan beri «Yuventus» darvozasini ishg‘ol eta olmayapti. Jamoa so‘nggi bor 2023 yilning 28 may kuni turinliklar bilan bahsda gol urishga muvaffaq bo‘lgan va o‘shanda g‘alaba qozongan edi.

E’tiborli jihati shundaki, ushbu golsiz seriya davomidagi oltita o‘yinning to‘rttasi 0:0 hisobidagi durang bilan tugagan. Ya’ni, «Milan» raqib darvozasiga yo‘l topa olmayotgan bo‘lsa-da, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga ham erishmoqda.

Kiritildi: 11:26, 27.04.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик