Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Oyarsabal gollar soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi

Oyarsabal gollar soni bo‘yicha shaxsiy rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasining 32-turida «Real Sosyedad» hamda «Rayo Valyekano» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Gollarga boy kechgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

San-sebastyanliklar sardori Mikel Oyarsabal mazkur o‘yinda dublga erishib, o‘z faoliyatidagi yangi shaxsiy rekordni o‘rnatdi. Endilikda uning hisobidagi mavsum davomida urilgan gollar soni 14 taga yetdi. E’tiborli jihati, futbolchi ushbu natijaga 29 ta uchrashuvda erishdi. Ta’kidlash joizki, Oyarsabal mavsumning ayrim qismini jarohatlar va diskvalifikasiyalar sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi.

Ushbu durangdan so‘ng «Real Sosyedad» turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turni safarda «Sevilya»ga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs 4 may, dushanba kuniga belgilangan.

Kiritildi: 11:43, 27.04.2026.
O'qildi: 465 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик