Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Levandovski «Atletiko»ga o‘tishi mumkin: Madridliklar hujumchiga shart qo‘ydi

Levandovski «Atletiko»ga o‘tishi mumkin: Madridliklar hujumchiga shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Ispaniya La Ligasida mavsumning eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshishi kutilmoqda. Madridning «Atletiko» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Kelishuv nega amalga oshmadi?

Fichajes nashrining xabar berishicha, 37 yoshli polshalik hujumchi kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarda bir qarorga kela olmagan. «Barselona» futbolchini yana bir mavsum jamoada saqlab qolmoqchi bo‘lgan, biroq yangi kelishuv shartlari tajribali forvardni qoniqtirmagan.

«Atletiko»ning taklifi va «17 ta gol» sharti

Vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotgan Diyego Simeone jamoasi Levandovskiga ikki yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Kelishuvda hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish bandi ham kiritilishi mumkin, biroq buning uchun hujumchi zimmasiga aniq vazifa yuklanadi: u bir mavsum davomida kamida 17 ta gol urishi lozim bo‘ladi.

Madridliklar Levandovskini hujum chizig‘ini zudlik bilan kuchaytira oladigan va jamoaga yetakchilik ruhini olib kiradigan tajribali ijrochi sifatida ko‘rishmoqda. Futbolchining o‘zi ham yuqori darajadagi o‘yinlarini davom ettirishni istamoqda.

Da’vogarlar safi kengaymoqda

Polshalik yulduz uchun kurashga Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ham qo‘shilishi mumkin. «Qizil iblislar» vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatishmoqda va moliyaviy jihatdan Ispaniya klublaridan ko‘ra manfaatliroq taklif berish imkoniyatiga ega.

Kiritildi: 13:32, 27.04.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик